Axiosning o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘oziga 100 ga yaqin mina joylashtirgan.
"Eron minalarni kichik o‘lchamli baliqchilik kemasiga o‘xshash “Gashti” katerlaridan foydalanib joylashtirishi mumkin. Har bir kater 4 tagacha mina tashiy oladi", deya yozmoqda nashr.
AQSh minalarni tozalash uchun suvosti dronlari, maxsus vertolyotlar va USS Chief hamda USS Pioneer kabi kemalarni ishga solgan. Biroq ekspertlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tor va xavfli ekanini, minalarni tozalash oylab vaqt olishi mumkinligini aytmoqda.