Eron hukumati mamlakatdagi vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda. Abbos Aroqchi bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Aroqchining so‘zlariga, Eron hukumati mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni to‘liq nazorat ostiga olgan va hozirda barqarorlik ta’minlangan.
Eron TIV rahbari AQSh prezidenti Donald Trampni iyun oyida yo‘l qo‘yilgan xatoni takrorlamaslikka chaqirdi hamda infratuzilma ob’ektlari va texnikaga berilgan zarbalar texnologiyalarni yo‘q qilishga qodir emasligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Aroqchi Tehron diplomatik yo‘lni ustuvor deb bilishini va muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.