Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) hujumkor tezyurar qayiqlarining 60 foizdan ortig‘i ish holatida qolmoqda.
The Wall Street Journal nashri xabariga ko‘ra, Eron o‘zining kichik harbiy kemalarining aksariyatini saqlab qolgan.
Nashrning ta’kidlashicha, bu, xususan, Tehronga Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qolish imkonini beradi.
Yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh va boshqa bir qator mamlakatlar dengiz flotlari Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishni boshlashini e’lon qildi.