Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Hormuzdan o‘tish uchun pul to‘lagan kemalarga ustuvorlik beradi

Eron Hormuzdan o‘tish uchun pul to‘lagan kemalarga ustuvorlik beradi

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun pul to‘lagan kemalarga ustuvor ahamiyat beradi.

Bu haqda CNN telekanali Eronning yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar bermoqda.

"Ruxsat berilgan kemalar soniga cheklov qo‘yilganini hisobga olgan holda, Eron Hormuz bo‘g‘ozining yangi qoidalariga tezroq moslashadigan va xavfsizlik xizmatlari uchun pul to‘laydigan kemalarga ustuvor ahamiyat berishga qaror qildi", deb ta’kidladi kanal.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, pul to‘lamaydigan kemalar yuk tashishdan to‘xtatiladi.

Juma kuni bo‘g‘ozning ochilishini e’lon qilganidan so‘ng, Eron bugun AQSh blokadasi va sulhni bir necha bor buzganini aytib, cheklovlarni qayta joriy etdi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!