Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Hormuzda o‘z nazoratidan tashqaridagi yo‘llarning ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Eron Hormuzda o‘z nazoratidan tashqaridagi yo‘llarning ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Eron Oliy Rahbarining Harbiy Maslahatchisi Muhsen Rizoyi Tehron Hormuz bo‘g‘ozida Eron nazorati ostidagi yo‘llardan tashqari boshqa yo‘llarga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Rizoyi AQSh Hormuz bo‘g‘ozida "noqonuniy yo‘l" bo‘ylab harbiy kema yuborsa ham, u nishonga olinishi haqida ogohlantirgan.

"Biz hech qanday holatda Hormuz bo‘g‘ozida Eron yo‘lidan tashqari boshqa yo‘llarga yo‘l qo‘ymaymiz. Agar AQSh bo‘g‘ozda noqonuniy yo‘l bo‘ylab harbiy kema yuborsa ham, biz unga zarba beramiz", dedi u.

Rizoyi shuningdek, AQSh harbiylarining noto‘g‘ri o‘ylangan rejasi Eronda rejalashtirilgan quruqlikdagi operasiyaning muvaffaqiyasiz yakunlanishiga olib kelganini aytdi.

Rizoyining so‘zlariga ko‘ra, Eron hujumlaridan so‘ng, Yaqin Sharqdagi AQSh Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbariyati avval Qatardan Iordaniyaga ko‘chirildi, keyin esa Isroilda joylashtirildi. "Bizning zarbalarimiz Quvaytdagi AQSh pozisiyalarini yo‘q qildi va ko‘plab Amerika qo‘shinlari Iroqning Erbil shahridan evakuasiya qilindi", deb ta’kidladi u.

Bundan tashqari, Rizoyining xabar berishicha, Eron ilgari Volga daryosida Eron kemasi bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Ukrainadagi uchta nishonga zarba berishga tayyor bo‘lgan, ammo Kiyev bu voqeani xato deb e’lon qilganidan keyin bu rejalaridan voz kechgan.

"Biz Ukrainadagi uchta nishonga hujum qilishga tayyor edik", dedi maslahatchi va Ukraina tomonining tushuntirishlaridan so‘ng Tehron o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqqanini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 10:00 04.08.2026. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!