Eron armiyasi vakili, brigada generali Muhammad Akraminiya Tehron “oxirigacha qarshilik ko‘rsatishi” va AQShning mintaqadagi harbiy ishtirokini yo‘qqa chiqarishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishning yagona sharti Vashington iyun oyida imzolangan 14 banddan iborat o‘zaro anglashuv memorandum qoidalarini bajarishi, shuningdek, Tehron tomonidan belgilangan kemachilik qoidalariga rioya qilishi hisoblanadi.