Har qanday ehtimoliy tajovuzga Tehronning javobi iloji boricha qattiq bo‘ladi, dedi Eronning yuqori lavozimli amaldori.
"Bu safar biz har qanday hujumni — cheklangan, cheksiz, yuqori aniqlikdagi, kinetik, nima deb atasangiz ham — bizga qarshi to‘laqonli urush sifatida ko‘rib chiqamiz va eng qattiqqo‘l tarzda javob beramiz", dedi u jurnalistlarga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.
Amaldorning ta’kidlashicha, Tehron hozirda Isroil bilan 12 kunlik urush davridagiga qaraganda ancha yaxshi holatda.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika aviatashuvchilari "ehtimol" Eron tomon harakatlanayotganini aytdi. Ilgari u mamlakatga aralashish imkoniyati olib tashlanganmi yoki yo‘qmi degan savolga aniq javob bermagan edi.
Yanvar oyining boshida Eronda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng Tramp muholifatchilarga yordamga kelishini va Eronga hujum qilishini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilish bilan tahdid qilgandi.