Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eron generali Qosimiyning o‘ldirilishi noqonuniy bo‘lganmi?

Eron generali Qosimiyning o‘ldirilishi noqonuniy bo‘lganmi?

BMTning sudsiz qatllar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Agnes Kallamard eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirishi to‘g‘risida hisobot e’lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda. 

Kallamard AQShning Sulaymoniyni o‘ldirishini noqonuniy va BMT konvensiyalariga zid deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniy chindan ham AQShning manfaatlarini nishonga olishni rejalashtirgani haqida Vashington aniq dalil taqdim qilolmagan.  

Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy va uning hamrohlari joriy yilning 3 yanvarida Iroq poytaxti Bag‘dodda dronlar bilan uyushtirilgan hujumda o‘ldirilgan edi. Uni o‘ldirishga buyruqni AQSh prezidenti Donald Tramp bergan. Tramp Sulaymoniyni dunyoning eng xavfli terrorchilaridan biri deb atagan edi. 

“Sulaymoniy Eronning Suriya va Iroqdagi harbiy strategiyasi va harakatlariga boshchilik qilgan, – deydi Kallamard. – Biroq inson hayotiga nisbatan xavf bo‘lmagan bir sharoitda AQSh tutgan yo‘l qonunga to‘g‘ri kelmaydi”. 

Kiritildi: 11:10 08.07.2020. O'qildi: 2914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!