Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eron bir yillik tanaffusdan so‘ng ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Eron bir yillik tanaffusdan so‘ng ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Eron bir yildan ortiq muddatda ilk marta “Fotih” oilasiga mansub ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Sinov Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) Fors ko‘rfazidagi dengiz mashqlari bilan bir vaqtda amalga oshirilgan.

“Fotih-110” raketasi IIPK bazasidan uchirilgan va ko‘rfaz bo‘ylab 160 kilometr uchgach, Eron hududidagi cho‘l poligoniga tushgan. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, agar AQSh sanksiya siyosatini davom ettirsa, IIPK Fors ko‘rfazini neft transportirovkasi uchun berkitib qo‘yish bilan tahdid qilgan. Eron Harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni Husayn Xonzodi ko‘rfazning ochiq turishida Islom Respublikasining manfaatlari asosiy omil ekanini qayd etib o‘tgan.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 14:12 11.08.2018. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!