Politico nashrining ta’kidlashicha, Tehrondagi vaziyat Rossiya bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy nizo holati uchun NATO mudofaasidagi zaif nuqtalarni ochib bergan, vaholanki Moskva alyans davlatlariga hujum qilish niyati yo‘qligini bir necha bor bayon qilgan. Yaqin Sharqdagi nizo alyans ichidagi "fikrlar xilma-xilligini chuqurlashtirdi", chunki Yevropa Vashingtonning harbiy yordam haqidagi talabini "e’tiborsiz qoldirdi".
NATO'ning ismi oshkor etilmagan diplomati nashrga bergan ma’lumotiga ko‘ra, agar AQSh diqqati boshqa mintaqalarga chalg‘isa, alyans resurslarining "sezilarli qismi" Yevropadan olib chiqib ketilishi mumkin. Bundan tashqari, Eron bilan urush alyansda o‘q-dorilarning yetishmovchiligini ko‘rsatib qo‘ydi, deyiladi xabarda.