Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Eron arab davlatlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Eron arab davlatlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Tehron AQSh tomonidan yangi hujumlar amalga oshirilsa, Fors ko‘rfazi davlatlarining energetika infratuzilmasiga zarba berishini ma’lum qildi.

Eron AQSh o‘z hududiga yana hujum qilgan taqdirda, Fors ko‘rfazi arab davlatlarining energetika ob’ektlariga javob zarbalari berishini ogohlantirdi. Bu haqda Reuters diplomatik aloqalardan xabardor besh manbaga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi vaziyatni Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Pokiston armiyasi bosh shtabi rahbari bilan muhokama qilgan. U Vashingtonning ittifoqchilarini AQSh prezidenti Donald Trampni yangi harbiy amaliyotdan voz kechib, diplomatik muzokaralarga qaytishga ko‘ndirishga chaqirgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Tehron AQSh hujumi yuz bergan taqdirda, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi neft konlari, neftni qayta ishlash zavodlari, elektr tarmoqlari, suv ta’minoti inshootlari, transport infratuzilmasi va boshqa strategik ob’ektlar nishonga olinishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ogohlantirishlardan so‘ng Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilib, harbiy harakatlarni kechiktirish va muzokara hamda diplomatik yechimga e’tibor qaratishga chaqirgan. Shu bilan birga, Ar-Riyod o‘z hududiga hujum qilinsa, harbiy kuch bilan javob qaytarishini bildirgan.

Eronlik manbalardan birining aytishicha, Tehron mintaqa energetika infratuzilmasiga katta zarar yetkazish xavfi Vashingtonni mojaroni yanada keskinlashtirishdan tiyishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 20:24 06.08.2026. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!