Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga, shuningdek, Iroqdagi Bag‘dod aeroporti yaqiniga zarbalar berdi.
Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
BBC nashri xabariga ko‘ra, Bahrayndagi bazada AQSh dengiz flotining Beshinchi floti shtab-kvartirasi joylashgan.
Al Hadath xabariga ko‘ra, AQSh boshchiligidagi xalqaro ittifoq tomonidan foydalaniladigan Bag‘dod ayeroporti yaqinidagi harbiy bazaga ham zarba berilgan.