Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQShni kelishuvni buzishda aybladi

Eron AQShni kelishuvni buzishda aybladi

Tehron AQShning yangi zarbalarini urushni to‘xtatish haqidagi memorandumning qo‘pol buzilishi deb atadi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShning Eron hududiga bergan so‘nggi zarbalari Yaqin Sharqdagi urushga barham berishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumining «qo‘pol ravishda buzilishi» bo‘lganini ma’lum qildi.

Tehron ushbu hujumlarni «shafqatsiz» deb baholab, ularning asosiy nishoni Eron hududidagi qirg‘oq kuzatuv ob’ektlari bo‘lganini ta’kidladi.

Bundan avval AQSh harbiylari Eronning raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari omborlari, shuningdek, qirg‘oq bo‘yidagi radiolokasiya stansiyalariga zarbalar berilganini tasdiqlagan edi.

Vashington talqiniga ko‘ra, ushbu operasiya Eronning Hurmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan tijorat kemasiga qilgan hujumiga javob sifatida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 23:33 27.06.2026. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!