AQSh va Eron o‘rtasidagi urush va undan keyingi sulh davrida Tehron 18 milliard dollarlik neft eksport qildi.
Bu haqda Eron neft vaziri Mohsen Paknejad e’lon qildi.
"Urush paytida vazirlik 11,5 milliard dollarlik neft eksport qildi, sulh davrida esa yana 6,5 milliard dollar. Shunday qilib, hatto inqiroz avjiga chiqqan paytda ham yillik neft daromadlari byudjetining 60% dan ortig‘ini ta’minlash mumkin bo‘ldi", deb tushuntirdi u.
Paknejadning ta’kidlashicha, Eron keyinchalik sotgan 100 million barrel xom neft va gaz kondensati zaxirasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. "Neft tankerlari harakatiga xavfning vaqtincha kamayishi Eron neft eksportini sezilarli darajada oshirish va to‘plangan zaxiralarning katta qismini jahon bozorlariga chiqarish imkonini berdi", dedi vazir.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi operasiya boshladi. Iyun oyida Vashington va Tehron barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi va Tehronni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv shartlarini buzganlikda aybladi.