Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron AQSh bilan imzolangan memorandumga sodiq qoladi

Eron AQSh bilan imzolangan memorandumga sodiq qoladi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Tehron 17 iyun kuni AQSh bilan imzolagan o‘zaro anglashuv memorandumi shartlarini bajarishga tayyor ekanini bildirdi.

Pezeshkianning ta’kidlashicha, muzokaralar jarayonida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Ularni hal etish uchun tomonlardan sabr-toqat, bosiqlik va o‘zaro bag‘rikenglik talab etiladi.

Eron prezidenti AQSh va Isroilning Eronga nisbatan siyosati tanqid qildi. Shuningdek, u Tehron yadroviy qurol ishlab chiqishga intilmayotganini ta’kidlab, bunday qurol yaratish diniy nuqtai nazardan ham taqiqlanganini aytdi.

Pezeshkian AQShni Eronning ichki ishlariga aralashishda ham aybladi.

Kiritildi: 23:25 27.09.2026. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!