Eron axborot agentligi xabar berishicha, Tehronning muzokarachilar guruhi Livanga qilingan hujumlar tufayli vositachilar orqali AQSh bilan aloqani to‘xtatmoqda.
Bundan tashqari, Eron Yaman, Livan va Iroqdagi shia ittifoqchilari bilan birgalikda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini butunlay to‘sish rejasini ishlab chiqqani aytilmoqda.
Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh shartsiz ravishda barcha jabhalarga, jumladan, Livanga ham tegishli.«Bir jabhada sulhni buzish barcha jabhalarda sulhni buzishdir», deb yozgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq, Isroil harbiylari Bayrutning janubiy chekkalari aholisini evakuasiya qilishni buyurgani va agar «Hizbulloh» Isroil shaharlari va qishloqlariga raketa otishda davom etsa, hududdagi nishonlarga zarba berishini ogohlantirgani haqida xabar berilgan edi.