Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Erning madhiyasini bilasizmi?

Erning madhiyasini bilasizmi?

Erning madhiyasi - bu Yer sayyorasi va uning aholisini, shu jumladan o‘simlik va hayvonot olamini madh etadigan, ulug‘laydigan yoki ko‘taradigan bayramona qo‘shiq yoki musiqiy kompozisiyadir.     Birlashgan Millatlar Tashkilotining 26 yilligi munosabati bilan va Bosh kotibning so‘roviga binoan 1971 yil 24 oktyabrda madhiya yangragan, uning musiqasi Kazals, Pablo (isp. Pablo Casals) tomonidan yozilgan, matnini esa shoir Oden, Uisten Xyu (angl. Wystan Hugh Auden) tomonidan yozilgan. BMT ning o‘sha paytdagi Bosh kotibi U Tan (Myanma) ushbu madhiya vaqt o‘tishi bilan BMT ning amaldagi madhiyasiga aylanishiga umid bildirdi, ammo bu amalga oshmaydi.          Rasmiy yer madhiyasini yaratishga da’vat Parijda Hindistonning YUNESKO dagi doimiy vakolatxonasi tomonidan 2014 yil yanvar oyida qilingan edi. Yerning madhiyasi g‘oyasida dunyoni birlashtirishga hissa qo‘shadigan ijodiy va ilhomlantiruvchi fikrlar mujassamlashgan.   Yerning madhiyasi nomli musiqiy kompozisiyani tinglab ko‘ramiz va o‘zimizning shoir, bastakor va qo‘shiqchilardan atrof muhitni asrash to‘g‘risidagi "musiqiy kompozisiya" asarlarni kutib qolamiz.

Kiritildi: 22:18 28.06.2020. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!