Tegishli farmonni Qurultoy nomzodni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng Qasim-Jomart Toqayev imzoladi. Karin bunga qadar davlat maslahatchisi va Prezident Administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Bu yangi lavozim davlat organlarida prezident nomidan vakillik qilishni, shuningdek, davlat rahbari o‘z vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan yoki vafot etgan taqdirda uning vazifalarini bajarishni nazarda tutadi.