Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Erkak o‘z qizini qutqarish uchun jonini qurbon qildi

Erkak o‘z qizini qutqarish uchun jonini qurbon qildi

Amerikaning Florida shtatida erkak o‘z qizini qutqarayotganda suv oqimiga tushib halok bo‘ldi. Bu haqda The News-Press xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 46 yoshli Tomas Zakrevski Florida qirg‘oqlaridan biridagi orolda oilasi bilan dam olayotgan bo‘lgan. Dam oluvchilarning bir nechtasi, shu jumladan bolalar ham suv to‘lqini qaytishi boshlanganda qirg‘oq bo‘yida o‘ynayotgan bo‘lgan. Erkak va uning 8 yoshli qizi suvdan chiqishga ulgurmay qolgan.

Qizning onasi polisiyaga bergan xabariga ko‘ra, qarindoshlarini chetroqqa olib o‘tgan, turmush o‘rtog‘i va qizi yo‘qligini darrov sezmagan. Ayol orqaga qarab ular oqimga qarshi kurashayotganini ko‘rgan va yordamga shoshilgan. Erkak unga qizni uzatishga ulgurgan, o‘zi esa suv ostiga g‘oyib bo‘lgan.

Oradan 3 soat o‘tib, g‘avvoslar erkakning jasadini uni oxirgi marta ko‘rishgan joydan 800 metr uzoqlikdan topgan.

Kiritildi: 13:27 15.07.2019. O'qildi: 3436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!