Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan o‘zaro tashriflar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
“Report” xabariga ko‘ra , u bu haqda N’yu-Yorkda turk matbuotiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Avval Netanyaxu kasalligi tufayli bizga kela olmasdi. Ammo endi men unga bu safarni qilish kerakligini aytdim, keyin men va mening jamoam Isroilga boradi. Biz kelishib oldik. Umid qilamizki, biz buni kechiktirmasdan ko‘ramiz va Isroil bilan energiya manbalari uchun burg‘ulashni boshlaymiz. Biz energiya manbalarini nafaqat Turkiyaga, balki Turkiya orqali Yevropaga ham yetkazib berish yo‘llaridan foydalanishni boshlaymiz”, dedi u.