Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Anqara AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
"Biz prezident Trampning mamlakatimiz va NATO sammiti haqidagi iliq fikrlarini katta mamnuniyat bilan qabul qildik.
Biz prezident Tramp bilan turk-amerika munosabatlarini mustahkamlash, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 100 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha umumiy maqsadimizga erishish, shuningdek, mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ilgari surish ustida ishlashda davom etamiz", - dedi Turkiya prezidenti.