Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an noyabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan birgalikda matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Turkiya davlati rahbarining tashrifi 3 noyabrga rejalashtirilgan. Erdo‘g‘an Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkilotining 10 yillik sammitida ishtirok etadi.

“Biz ushbu sammitni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga kelishib oldik”, — deya qo‘shimcha qildi M.Nurtleu.

Kiritildi: 15:18 11.09.2023. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!