Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘an Putin bilan o‘ta nozik masalani muhokama qildi

Erdo‘g‘an Putin bilan o‘ta nozik masalani muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Idlibdagi vaziyatning keskinlashishi sharoitida Suriya inqirozini hal qilish masalasini muhokama qildi. Bu haqda 12 fevral, chorshanba kuni Kreml veb-saytida xabar qilindi.

Tomonlar mavjud Rossiya-Turkiya kelishuvlarini, shu jumladan 2018 yilgi Sochi memorandumini amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.

Ma’lumot uchun, chorshanba kuni Erdog‘an Rossiya va Suriyani Idlibda tinch aholining o‘ldirilishida aybladi. Uning ta’kidlashicha, Anqara "[Suriya prezidenti Bashar] Asad qo‘shinlarini dezasional zonadan tashqariga chiqarishga tayyor".

5 fevral kuni u o‘z mamlakati Suriyaning Idlib shahri aholisini hukumat kuchlarining hujumlaridan himoya qilish huquqiga ega ekanligini e’lon qildi.

 

Kiritildi: 15:44 12.02.2020. O'qildi: 4738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!