Turkiya prezidenti Rajab-Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya poytaxti Berlinga bordi. U Turkiya milliy jamoasini Yevropa chempionati chorakfinali doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o‘yinda stadiondan qo‘llab-quvvatladi.
Erdo‘g‘an Berlindagi o‘yinga borish uchun Ozarboyjonning Shushu shahridagi turkiy davlatlar yetakchilari norasmiy uchrashuvini bekor qilgandi. Turkiya yetakchisi mamlakat milliy jamoasi himoyachisi Merix Demiral atrofidagi mojaro avj olgach, Germaniyaga borib, futbolchilar ruhiyatini qo‘llashga qaror qilgan.
Erdo‘g‘anga Germaniya safariga doimgidek rafiqasi Amina Erdo‘g‘an va ikki maslahatchisi hamrohlik qilgan. Turkiya prezidentini aeroportda mamlakat sport vaziri Osman Ashkin Bak, turkiya elchisi va boshqa rasmiylar kutib olgan.
O‘yinda Turkiya Niderlandiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan - 1:2.