Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Erdo‘g‘an Bishkekka yetib bordi

Erdo‘g‘an Bishkekka yetib bordi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi.

Bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

«Manas» xalqaro aeroportida Turkiya rahbarini Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev kutib oldi.

Tashrif doirasida Erdo‘g‘an VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida, shuningdek, Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Kiritildi: 16:49 31.08.2026. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!