Turkiya prezidenti Ukraina va Rossiya rahbarlari tezroq muzokara stoliga o‘tirishi kerakligini aytdi.
"Ukrainadagi urushda g‘olib yo‘q. Hamma yutqazadi. Tezroq bu urushni to‘xtatib, muzokara stoliga o‘tirish kerak. Turkiya bu borada vositachilik qilishga tayyor", — dedi Erdog‘an.