Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Erdog‘an Anqarada Ash-Shara bilan muzokara o‘tkazdi

Erdog‘an Anqarada Ash-Shara bilan muzokara o‘tkazdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Anqara shahrida Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar Turkiya poytaxtida o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Prezident majmuasida ommaviy axborot vositalari uchun yopiq formatda bo‘lib o‘tdi.

Ahmad ash-Shara sammitda taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi. Forum NATOga a’zo 32 davlat hamda hamkor mamlakatlar rahbarlarini mudofaa, harbiy xarajatlar, qurolli kuchlarni modernizasiya qilish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Anqaradagi sammit Turkiya mezbonligida o‘tkazilayotgan NATO rahbarlari yig‘ilishlarining ikkinchisi hisoblanadi. Bundan avval bunday sammit 2004 yili Istanbul shahrida tashkil etilgan edi.

Umumiy kun tartibidan tashqari, sammit siyosat, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikka oid ikki tomonlama muzokaralar uchun ham muhim maydon vazifasini bajarmoqda.

Kiritildi: 00:00 09.07.2026. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!