Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Er yuzidagi eng kelishgan jinoyatchi milliarderning qiziga uylanmoqda

Er yuzidagi eng kelishgan jinoyatchi milliarderning qiziga uylanmoqda

Dunyoga eng chiroyli jinoyatchi sifatida mashhur bo‘lgan 34 yoshli Jeremi Miks “Topshop” imperiyasining 27 yoshli vorisi Xloye Grin bilan turmush qurmoqchi. U bu haqda Us Weekly” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Eng xushro‘y jinoyatchi va milliarderning qizi o‘rtasidagi munosabatlar haqida bir yil oldin ma’lum bo‘ldi. Munosabatlar o‘sishda davom etdi va shu yilning may oyida Jeremi Miks va Xloye Grin Jeyden ismli chaqaloqning ota-onasiga aylanishdi.

Yaqinda esa ularning nikoh to‘yi haqidagi mish-mishlar yanada urchib ketdi. Bunga Jeremining jurnalga bergan intervyusi hamda Xloyening qo‘lidagi nikoh uzugi sabab bo‘ldi. Ammo ularning to‘yi qachon va qayerda bo‘lishi aniq emas.

Kiritildi: 10:50 21.10.2018. O'qildi: 4870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!