Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Er ostida noma’lum hayot aniqlandi

Er ostida noma’lum hayot aniqlandi

Materik va okeanlar ostida olimlar hammani lol qoldiradigan topilma topdi: u yerda yuz trillion kvadrillion tirik organizmlar yashaydi. Bu haqda «Hi-tech» xabar berdi.

Ularning aksariyatiga olimlar ilk bor duch keldi. Ushbu yerning umumiy uglerod massasi 15 dan 23 gigatonnagacha yetadi, aytish joizki, insoniyatning umumiy massasi 0,06 gigatonna uglerodni tashkil qiladi.

Tadqiqotlar yuzlab turli lokasiyalarda o‘tkazildi — quruqlikda, okean yuzasida. Yangi organizmlar quruqlik yuzasining besh kilometrgacha bo‘lgan chuqurlik va 10 kilometrgacha okean yuzasida amalga oshirilgan burg‘ilatish chog‘ida aniqlandi. Yer osti ekotizimida 70 foiz yer mikroblarining barcha turlari topilgan.

Hozir olimlar qanday qilib barcha qit’alar ostida bir xil turdagi mikroblar bo‘lishi mumkinligini, ularning joyni o‘zgartirish imkoniyatini, asosiysi — ushbu kashfiyot evolyusiya nazariyasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganmoqda.

Ushbu kashfiyot yerdan tashqarida ham hayot borligiga munosabatni to‘liq ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi.

Manba: daryo.uz

 

Kiritildi: 09:08 13.12.2018. O'qildi: 4449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!