"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska yangi mavsumda kimlar sardorlik bog‘ichini taqishi haqida gapirib o‘tdi.
Italiyalik mutaxassis hozircha faqat ikki nafar sardorni aniqlab olganini tan oldi — bular markaziy himoyachi Ruben Diash va hujumchi Erling Xolanddir.
— Men transfer oynasi yopilguniga qadar kutaman, shundan so‘ng yana ikki nafar sardorni tanlab olaman, — dedi 46 yoshli murabbiy City Xtra nashriga.
Enso Mareska shu yozda "shaharliklar"ni boshqarishga kirishdi va o‘n yillik faoliyatidan so‘ng ketgan Xosep Gvardiolaning o‘rnini egalladi.