Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng zararli va xavfli odatlar ma’lum qilindi

Eng zararli va xavfli odatlar ma’lum qilindi

Kundalik hayotdagi ayrim odatlar biz bilmagan hollarda umrimizning qisqarishiga sabab bo‘ladi. Hojatxonada telefon o‘ynab, qolib ketish kabi yomon odat xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan bo‘lsa kerak.

Kanada olimlari inson salomatligi uchun zararli va keng tarqalgan odatlarni ma’lum qilishdi.

Olimlar o‘tirgan holdagi turmush tarzi ichak, ko‘krak, o‘pka va prostata bezi saratoniga olib kelishini isbotlashdi. Shuning uchun ofisda ishlovchi kishilar tanaffus paytida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari lozim, deya yozadi “MedikForum”.

Qayd etilishicha, ko‘pchilik hayvonotga mansub mahsulotlar inson salomatligiga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini xayollariga keltirishmaydi. Amerikalik mutaxassislar go‘sht va sut mahsulotlari haddan ziyod iste’mol qilish saraton kasalligini keltirib chiqarishini aniqlashgan. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, rasionida oqsil moddasi ko‘p bo‘lganlar boshqalarga qaraganda to‘rt marta ko‘proq saraton kasalligidan aziyat chekishadi.

O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar gaz plitasida taom tayyorlash salomatlik uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini aniqlagan. Tabiiy gaz yonishi jarayonida xavfli moddalar ajralib chiqadi. Shuning uchun gaz plitasi bo‘lgan xonada dudburon o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Qolaversa, shifokorlar hojatxonada telefon o‘ynash yoki gazeta, kitob va jurnal o‘qish odatlaridan voz kechishni maslahat berishadi. Chunki hojatxonada smartfon bilan ko‘p o‘tirib qolish qon bosimini ko‘taradi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu churra, ichak shamollashi va boshqa turli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, yurak xuruji xavfi ham oshadi.

Manba: sputniknews-uz.com

Kiritildi: 22:00 24.08.2019. O'qildi: 3414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!