Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eng xavfli asteroidda suv borligi aniqlandi

Eng xavfli asteroidda suv borligi aniqlandi

OSIRIS-REx zondi Quyosh tizimidagi eng xavfli asteroid hisoblanuvchi “Bennu”da suv izlarini aniqladi, deyiladi NASA xabarida. 

NASA kosmik parvozlar markazi mutaxassisi Emi Saymonning qayd etishicha, yangi kashfiyot sayyoralarning birlamchi kimyoviy va izotop tarkibini o‘rganishga yordam beradi. Asteroiddan olingan namunalar yerga keltirilgach, olimlar quyosh tizimining ilk rivojlanish bosqichi haqida qimmatli ma’lumotlar olishi mumkin. 

“Bennu“ shaklan “Ryugyu” asteroidiga (hozirda ushbu asteroidni Yaponiya missiyasi “Xayabusa-2“ o‘rganmoqda) o‘xshaydi. Yaqin olti oy ichida OSIRIS-REx asteroid sathining xaritasini tuzadi. Xarita asosida olimlar uning qayeridan 60 gramm atrofida namuna olishni aniqlaydi.

Agentlik rejalariga ko‘ra, zond 2019 yilning birinchi yarmida asteroiddan namuna olishi kerak. Agar jarayon muvaffaqiyatli amalga oshsa, quyosh tizimining birlamchi moddasi solingan kapsula yerga jo‘natiladi. Missiya ishtirokchilari taxmini bo‘yicha jo‘natma 2023 yilning sentyabr oyida sayyoramizga yetib keladi. Saymonning qo‘shimcha qilishicha, zond Bennuga yaqinlashiboq ilk kashfiyotni amalga oshirgan. Ya’ni uning spektrometri asteroid sathida suv moddalari ko‘p bo‘lgan loysimon minerallar zaxiralarini aniqlagan. 

Manba: O‘zA

Kiritildi: 18:17 11.12.2018. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!