Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Eng sodiq do‘st: Bishkekda Vladimir Putin qanday kutib olindi? (video)

Eng sodiq do‘st: Bishkekda Vladimir Putin qanday kutib olindi? (video)

Qirg‘iziston poytaxtida 14 iyun kuni SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi. Manas aeroportida Rossiya yetakchisini Sooronbay Jeenbekov kutib oldi. 

2019-2020 yil SHHTda raislik Rossiyaga o‘tadi.

"Siz tashrif buyurganiz uchun juda xursandmiz. Biz har doim Rossiya va Vladimir Putin – bu Qirg‘izistonning eng sodiq do‘stlari deb aytamiz”, - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, barcha davlatlar xalqaro tashkilot ishida faol ishtirok etmoqda.

“Ushbu ma’noda Bishkek xalqaro faoliyat markazi bo‘ldi. Hammasini yuqori darajada tashkillashtirish - bu oson ish emas. Ishonchim komilki, hammasi eng yuqori darajada o‘tadi”, - dedi Vladimir Putin.

 

Kiritildi: 11:36 14.06.2019. O'qildi: 2232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!