Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Energetika vaziri o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

A A A
Energetika vaziri o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri Alisher Sultonov bugun, 26 mart kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 180-umumta’lim o‘rta maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg‘a qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari bunday tashabbuslarning muhim ahamiyatga ega ekani haqida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tgan edi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalar ekan, Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi , deb ta’kidlagan edi.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 21:14 26.03.2019. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik