Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Endi jurnalistlarga ham Toshkent propiskasi beriladi

Endi jurnalistlarga ham Toshkent propiskasi beriladi

O‘zbekiston milliy axborot agentligi jurnalistlari ham endi Toshkent propiskasini olishi mumkin. Bu haqda kecha prezident imzolagan qarorda aytilgan.

Propiska ro‘yxatida shu paytgacha 87 ta tashkilot mavjud edi.

Shuningdek, O‘zA faoliyatini qayta tashkil etish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Xususan, O‘zA tarkibida Media markaz va O‘zA huzurida uning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha Maslahat kengashi tuziladi.

2020 yil 1 mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zAning axborot portalini ishga tushiriladi.

Kiritildi: 10:25 03.12.2019. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!