Epidemiyaning keyingi bosqichi qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlarining koronavirus yuqtirishidir. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Aleksandr Ginsburg aytib o‘tdi.
«Koronavirus o‘zining patogen salohiyatini hali to‘liq anglamagan. Bir yil ichida insoniyatni yaxshi vaksinalar yordamida himoya qilsak, bu vaqtga qadar uy hayvonlariga virus yuqadi. O‘z navbatida har kim ham sevimli uy hayvonlaridan voz kechavermaydi. Shuning uchun virus o‘choqlari doimo atrofimizda bo‘ladi va ular hali ham rivojlanib boradi», – dedi olim.
Akademikning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat eng xavfli viruslardan biri bo‘lib tuyuladigan COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi bilan uzoq vaqt birga yashashga tayyor bo‘lishi kerak.