Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Endi Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi

Endi Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi

Bugun Farg‘ona shahridagi “Sayqal” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning “Henan GX-Mach environmental Technoloji Co.LTD” kompaniyasi o‘rtasida 7 mln dollarlik toshdan qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tarixiy shartnoma imzolandi. Kelishuvga asosan,“Fergana stone paper company” Xitoy –O‘zbekiston qo‘shma korxonasi ta’sis etildi.

"Xalq so‘zi onlayn" avval xabar berganidek, joriy yilning 25-27 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Bir makon-bir yo‘l” 2-Xalqaro forumida  Farg‘ona viloyati hokimi SH. G‘aniyev ishtirok etib, Ning Bo Stone Paper Environmental Materials Co., Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tomas Xou bilan uchrashgan edi.

Bu loyiha Xitoy delegasiyasining Farg‘ona shahriga tashrifi chog‘ida ham muhokama qilingan edi.

Bugungi kunda tarixiy jarayon ustida turibmiz, -deydi “Sayqal” mas’uliyati cheklangan jamiyati menejeri Temur Akramov.- Chunki Farg‘ona shahridaMDH mamlakatlarida yagona bo‘lgan toshdan qog‘oz ishlab chiqarish sanoati tashkil etilyapti. Loyihaning 3 mln.593 mln. dollariga uskuna va texnologiyalar olib kelinadi va bir yilda 9 ming tonnadan ziyod toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi.

Bir yilda mamlakatimizga 230 ming tonnadan ortiq qog‘oz mahsulotlari import qilinadi. Afsuski, ana shu qog‘oz mahsulotlari yangitdan qayta ishlanmaydi. O‘zbekiston uchun bu loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, katta miqdordagi valyuta resurslari iqtisod qilinadi,

Loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozovning aytishicha, qog‘oz tayyorlash jarayonida ekologiyaga hech qanday zarar yetmaydi, balki oddiy tosh yoki kalsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qog‘ozning sifati sellyuloza qog‘oznikidan butunlay farq qiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot ekologik toza. Masalan, odatiy qog‘oz ishlab chiqarish jarayonidasellyulozava katta miqdorda suv kerak bo‘ladi. Ana shu suvning uchdan bir qismi zaharli moddalar hisoblanadi. Toshdan qog‘oz ishlab chiqarishda esa suv kerak bo‘lmaydi. Bundan tashqari, mahsulot suvda erimaydi, yozuvlar uzoq muddat davomida o‘chib ketmaydi. Allergik kasalliklarni keltirib chiqarmaydi. Tan narxi va sifat darajasi oddiy qog‘ozga nisbatan bir necha barobar arzon.

Eslatib o‘tamiz, toshdan qog‘oz ishlab chiqarish industriyasi sanoat darajasida faqatgina Xitoy va Tayvan davlatlarida yo‘lga qo‘yilgan. Farg‘ona viloyati ma’muriy markazida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida bugungi imzolangan shartnoma esa ushbu mamlakatlar qatoriga O‘zbekistonni ham kiritib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:26 03.07.2019. O'qildi: 2334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!