Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Endi Byornem Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Endi Byornem Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Endi Byornem Buyuk Britaniyaning hukmron Leyboristlar partiyasiga yangi rahbar etib saylandi. Bu haqda partiyaning Milliy ijroiya qo‘mitasi raisi Shabana Mahmud partiya konferensiyasida ma’lum qildi.

Byornem ushbu lavozimda Keyr Starmerning o‘rnini egallaydi.

Leyboristlar partiyasi parlamentda ko‘pchilikni saqlab qolgani va hukumatni shakllantirgani sababli, partiyaning yangi rahbari avtomatik ravishda mamlakat bosh vaziriga aylanadi.

Ma’lum qilinishicha, Dauning-stritdagi rahbariyat almashinuvi 20 iyul kuniga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:54 17.07.2026. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!