Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Emomali Rahmon O‘zbekistonning SHHTdagi raisligini yuqori baholadi

A A A
Emomali Rahmon O‘zbekistonning SHHTdagi raisligini yuqori baholadi

Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligini yuqori baholadi va Prezidentimiz rahbarligida Samarqandda ro‘y bergan ulkan yangilanishlarni alohida qayd etdi.

Samarqand sammiti yakunlari SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashi va tashkilotning xalqaro nufuzini yuksaltirishi shubhasiz ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 16 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan elektrotexnika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha - Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlik faol rivojlanmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: 15:41 15.09.2022. O'qildi: 2906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!