Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Eronga amalga oshirgan safaridan so‘ng amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Tashrif 2-3 iyun kunlariga mo‘ljallangan.
Savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilishga oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.