Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Emomali Rahmon o‘g‘lini davlat mukofoti bilan taqdirladi

Emomali Rahmon o‘g‘lini davlat mukofoti bilan taqdirladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon amaldorlar va davlat arboblarini faxriy mukofotlarni topshirdi.
“88 kishi “Tojikiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 30 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi, ikki kishiga “Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan ishchi” unvoni berildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Chop qilingan suratlarda taqdirlanganlar orasida Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ham bor.
Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Kohir Rasulzoda, TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin va boshqa siyosatchilar taqdirlangan.

http://president.tj/ru/node/26428

Kiritildi: 11:45 01.09.2021. O'qildi: 4139 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!