Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Elizaveta II Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi

Elizaveta II Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Boris Jonson hukumati tomonidan tayyorlangan Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi va hujjat qonun maqomini oldi.

Brexit 31 yanvarga mo‘ljallangan, ammo bu amalga oshishi uchun Birlashgan Qirollikning chiqib ketishi to‘g‘risidagi kelishuv Yevroparlamentga ratifikasiya qilinishi zarur.

Avvalroq Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya qonunchilik organlari Brexit to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlashni rad etgandi. Uch hududiy parlamentning barchasi qirollikning Yevroittifoqdan chiqishiga qarshi bo‘lgandi.

Buyuk Britaniya Yevroittifoqni 2019 yil 29 martda tark etishi lozim edi, ammo britaniyalik deputatlar chiqish shartlari borasida kelisha olmagani uchun bu muddat bir necha bor ortga surilgandi.

Kiritildi: 11:52 24.01.2020. O'qildi: 1411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!