Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Elektrobus qaysi yo‘nalishda sinovdan o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Elektrobus qaysi yo‘nalishda sinovdan o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, “Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan YE420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus keltirilgan edi.

Ushbu transport vositasini yo‘nalishga biriktirish oldidan mutaxassislar tomonidan elektrobusning texnik imkoniyatlari, quvvat sarfi o‘rganildi. Buning uchun u bir necha yo‘nalishlarda harakatlantirib ko‘rildi.

Shundan kelib chiqib, poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri - 41 - “Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishi elektrobusni sinovdan o‘tkazish uchun har taraflama qulay, deb topildi.

Chilonzor buyum bozori oldidagi tirbandlikni inobatga olib, elektrobus Chilonzor buyum bozoridan qaytishda qo‘shimcha yo‘ldan emas, balki asosiy yo‘ldan harakatlanadi, deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.

Elektrobus bugun, 14 sentyabrdan yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi.

Kiritildi: 11:18 14.09.2019. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!