Elbrus tog‘iga chiqishga urinayotgan sakkiz alpinist belgilangan vaqt ichida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bog‘lana olmagan.
Bu haqda vazirlikning Kabardino-Balkariyadagi mintaqaviy idorasi xabar berdi.
"Sakkiz alpinistdan iborat guruh Elbrus tog‘iga chiqishga urinayotganda belgilangan vaqt ichida vazirlik bilan bog‘lana olmagani haqida ma’lumot olindi. Voqea joyiga darhol o‘n to‘rt qutqaruvchi yuborildi", deyiladi bayonotda.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, alpinistlar ilgari o‘z yo‘nalishlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan edilar. Balandlikdagi qutqaruv guruhi mutaxassislari hozirda guruhning tog‘ning janubiy yonbag‘ridagi yo‘nalishini o‘rganmoqdalar.
Mash kanali bedarak yo‘qolganlar orasida 14 yoshli bola ham borligini xabar qilmoqda.