Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

El klasiko Leosiz o‘tadi - Messi uch haftaga safdan chiqdi

El klasiko Leosiz o‘tadi - Messi uch haftaga safdan chiqdi

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 10-turida bo‘lib o‘tadigan «Real»ga qarshi o‘yinni qo‘li jarohatlangani bois o‘tkazib yuboradi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u qo‘li singani sababli uch haftaga safdan chiqqan va oltita o‘yinni, jumladan chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Inter» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinni hamda «klasiko»ni o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (4:2) jarohat olgan va birinchi taymning o‘rtalarida maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

«Barselona» — «Real» uchrashuvi 28 oktyabrda «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu mavsumda Messi «Barselona» safida jami 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol kiritdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 07:57 21.10.2018. O'qildi: 1388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!