Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ektor Kuper bugun 63 yoshni qarshiladi

Ektor Kuper bugun 63 yoshni qarshiladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Ektor Kuper boshchiligida ayni kunlarda Avstraliyaning Brisben shahrida yig‘in o‘tkazishmoqda.

Bugun milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper 63 yoshni qarshi oldi. Argentinalik mutaxassis 1955 yilning 16 noyabr kuni tavallud topgan. Terma jamoamiz futbolchilari va delegasiya a’zolari bugun tushlik vaqtida Kuperni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi. Unga eng ezgu tilaklarni tilashdi.

O‘z o‘rnida biz ham Ektor Kuperni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz hamda unga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi. Umid qilamizki, ushbu murabbiy qo‘lostida milliy terma jamoamiz millionlab yurtdoshlarimizning azaliy orzusini ro‘yobga chiqarib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!

O‘zA

Kiritildi: 14:49 16.11.2018. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!