Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ekaterinburgda qurilishga ishga kirish uchun kelgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Ekaterinburgda qurilishga ishga kirish uchun kelgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2019 yil 17 aprelga o‘tar kechasi shaharning qurilish obektlaridan birida O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi vafot etdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, surxondaryolik Mengtoshev Shuhrat Uralovich, Qurbonov Akbarali Saidmurodovich, Ziyadullayev Ulug‘bek Olimjonovich, Choriyev Isroil Ravshanovich vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular yong‘in va gazdan zaharlanish oqibatida vafot etishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqarolar 15-aprel kuni Yekaterinburg shahri Akademik tumanidagi qurilish obektlaridan biriga ishga kirish uchun kelishgan. Vazirlik xabarida ayni paytda vakolatli organlar tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov oldi tadbirlari boshlangani ta’kidlangan.

Bosh konsulxona O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mazkur vaziyat nazoratga olingan hamda vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:51 17.04.2019. O'qildi: 2740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!