EI ukrainaliklarni himoya qilish dasturini 2028 yilning martigacha uzaytirdi, ammo harbiy xizmatga majbur bo‘lgan fuqarolarni undan istisno qildi.
Bu qoida faqat yangi kelgan ukrainaliklarga taalluqli bo‘ladi.
Ukrainaning mudofaa sohasidagi o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kelgusida vaqtinchalik himoya faqat Kiyevdagi harbiy majburiyatlarini bajarganlarga taqdim etiladi. Bu cheklov faqat vaqtinchalik himoya olish uchun yangi ariza topshiruvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. U YEIda allaqachon vaqtinchalik himoyadan foydalanayotganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vaqtinchalik himoya olish uchun ukrainaliklar "harbiy majburiyatlarini bajarganliklarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi".
"Masalan, buni Ukraina rasmiylari tomonidan qo‘yilgan chiqish shtampi bo‘lgan pasportni ko‘rsatish orqali amalga oshirish mumkin, bu ular Ukrainani qonuniy ravishda tark etganini va shu tariqa harbiy majburiyatlarini bajarganini tasdiqlaydi.
Shuningdek, buni harbiy majburiyatlardan ozod qilinganlik yoki ularni bajarganlikni tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron formatdagi hujjatni taqdim etish orqali ham amalga oshirish mumkin, deyiladi bayonotda.