Bryussel Minnixanovni Ukrainadagi mojaro hududidan bolalarni Tataristondagi bolalar oromgohlariga olib chiqishga yordam berganlikda ayblamoqda.
Avvalroq Vladimir Putin bolalar o‘g‘irlanmagani, balki jangovar harakatlar hududidan olib chiqilganini aytgan edi.
Yangi sanksiyalar 10 nafar shaxs va 17 ta tashkilotga nisbatan joriy etildi. Ularga aktivlarni muzlatish va YEI hududiga kirish taqiqlari qo‘llandi.
Shuningdek, Yevropa fuqarolari va kompaniyalariga sanksiya ro‘yxatidagilar bilan moliyaviy operasiyalar o‘tkazish taqiqlangan, deyiladi Yevropa Kengashi matbuot xizmati xabarida.