Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Efiopiya Misrni fuqarolik urushiga aralashishda aybladi

Efiopiya Misrni fuqarolik urushiga aralashishda aybladi

Efiopiya armiyasi Bosh shtabi rahbari feldmarshal Birxanu Jula Misr va Sudanni bosh vazir Abiy Ahmad hukumatiga qarshi kurashayotgan qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu guruhlar xorijdan qo‘llab-quvvatlov, mablag‘ va ta’minot olmasa, hukumatni ag‘darishga erisha olmaydi. Jula Eritreyani ham xorijiy homiylar bilan Efiopiyadagi qurolli guruhlar o‘rtasida vositachi bo‘lishda aybladi. Biroq u ayblovlarini tasdiqlovchi dalillarni keltirmadi.

Yaqinda tuzilgan qurolli alyans tarkibiga yettita guruh, jumladan Tigray xalq ozodlik fronti, Oromo ozodlik armiyasi va «Fano» amhara harakati kirgan. Ular Abiy Ahmad hukumatini tugatish va o‘tish davri ma’muriyatini shakllantirish niyatida ekanini bildirgan.

Ayblovlar Efiopiya shimolida qurolli to‘qnashuvlar qayta kuchaygan bir paytda yangradi. Tigray kuchlari aeroportlarni egallagani va Amhara hamda Afar hududlarida federal qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar bo‘layotgani xabar qilinmoqda.

Misr tomoni esa Efiopiya harbiylarining ayblovlarini rad etdi. Qohiradagi manba Misrning Efiopiyadagi qurolli guruhlarga aloqasi yo‘qligini bildirib, Addis-Abebani ichki muammolar uchun tashqi kuchlarni ayblamaslikka chaqirdi.

Misrlik ekspert Samir Rageb ham Efiopiya harbiy rahbarining bayonotlarini taxminlarga asoslangan da’volar deb atadi. Uning fikricha, Tigraydagi mojaro asosan hokimiyat va resurslar uchun davom etayotgan ichki kurash bilan bog‘liq.

Efiopiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlar Nil daryosida qurilayotgan «Buyuk Efiopiya Uyg‘onish to‘g‘oni» (GERD) masalasi sabab ham keskinlashgan. Qohira to‘g‘onning Nil suv oqimiga ta’siridan xavotir bildirsa, Addis-Abeba to‘g‘on qurilishini o‘zining suveren huquqi deb hisoblaydi.

Shu bois Tigraydagi mojaro va Nil suvlari bo‘yicha nizo ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada murakkablashtirmoqda.

Kiritildi: 16:20 28.09.2026. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!